Simeonening o'g'li "Kalyari"dan ketmoqchi

Alisher
17 noya 2020
"Kalyari" forvardi Jovanni Simeone klubini o'zgartirishni xohlamoqda.

Argentinalik futbolchidan Sardiniyada hamma mamnun, ammo u yangi chaqiriqlarni qabul qilishga tayyor.

Simeone faoliyatini APL yoki La Ligada davom ettirishi mumkin. Oldinroq, o'yinchiga "Lids" qiziqish bildirgan, ammo transfer amalga oshmay qolgan edi.

Simeone joriy mavsum A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca