Simeone so'nggi bahslarda “Atletiko”ga nima yetishmayotganligini aytdi

7 dek 2019, 07:55
“Atletiko” La Liganing navbatdagi turida “Vilyarreal” bilan safarda 0:0 hisobida durang qayd etdi.

“Futbolchilarimiz xotirjam emas, buni esa tushuntirib bo'lmaydi. Biz juda ko'p vaziyatlar sodir qilyapmiz. Ammo ulardan foydalana olmayapmiz. Haqiqiy xotirjamlik kerak. Feliks va Lodi yuqori darajali futbolchilar, lekin ular ham vaziyatlarni ko'kka sovurmoqda. Chempionlar Ligasidan xavotir olyapmanmi? Meni yaqin o'yinlardagi g'alabalar xavotirga solmoqda. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan”, - deydi Simeone.

Ma'lumot uchun, “Atletiko” 11 dekabrda YCHL so'nggi turi doiraisida “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi. “Matraschilar”ni faqat g'alabagina pley-offga olib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com