Simeone: "Menga "Atletiko"dan yaxshiroq jamoa topish qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
23 dek 2016, 11:05
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening so'zlariga ko'ra, klubni o'zgartirish uning rejalariga kirmaydi.

Argentinalik mutaxassisning xizmatlariga Yevropaning bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda.

"Yillar o'tgandan so'ng, "Barselona" va "Real" doimo LaLigada g'oli bo'lganini va ularga qarshi kurashishning iloji yo'qligini bilib olasiz. Joriy mavsumni ham chempionlik uchun kurashib yakunlasak yaxshi bo'lardi. Kelajagimga to'xtaladigan bo'lsak, menga "Atletiko"dan yaxshiroq jamoa topish qiyin. Nega endi o'z joyimni topgan klubdan ketishim kerak?" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca