Simeone: "Maqsadimiz - "Real" va "Barselona"ga yaqinlashish emas, balki rivojlanish"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2016, 10:26
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening so'zlariga ko'ra, u "Real" va "Barselona" bilan tenglashishni istamaydi.

"Maqsadimiz - "Real", "Barselona" yoki boshqa jamoaga yaqinlashish emas, balki o'zimiz kerak deb hisoblagan yo'lda rivojlanish. Yangi futbolchilarimiz hujumda va maydon markazida bizga muqobil o'yin taqdim etmoqda. Biz o'z o'yinini o'stirishda davom etadigan jamoa yaratdik. Ammo bu so'zlarda emas, faktlarda ko'rinadi. Biz boshqalarning emas, balki o'z o'yinimizga e'tibor qaratmoqchimiz" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca