Simeone "Manchester Siti"da Pellegrini joyini egallashi mumkin
Aslanov Jasurbek
11 dek 2014, 12:43
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, agar ingliz klubi ispan mutaxassisi Manuel Pellegrinini iste'foga chiqarsa, argentinalik murabbiy bu joy uchun asosiy da'vogar bo'ladi. Angliyada Pellegrini bunday jamoani boshqara olmaydi degan mish-mishlar tarqalgan.