Simeone kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2022, 14:15
Mutaxassis "matraschilar"ni tark etishni rejalashtirmayapti.

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi.

"Men o'zimni "Atletiko"dan boshqa joyda tasavvur qila olmayman", – deya mutaxassisning so'zlarini keltirgan jurnalist Fabricio Romano.

Simeone 2011 yilning dekabridan buyon Madridning "Atletiko" klubini boshqarib kelmoqda. Uning "matraschilar" bilan amaldagi bitimi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano