Simeone: "Grizmanning kelajagi haqidagi mish-mishlarga tupurdim"

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 11:13
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Antuan Grizmanning klubdan ketishi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.

"Grizmann - bizning sardorimiz, uning kelajagi haqidagi mish-mishlarga tupurdim. O'sish uchun unda hamma narsa bor. Shartnomai hali 2 yil amalda. Agar uning ketishi haqida bilganimda, Grizmann borasida yaxshi gapirmagan bo'lardim" - deydi Simeone.

Oldinroq, "Barselona" yozda 28 yoshli futbolchini sotib olishga urinib ko'rishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Grizmann joriy mavsum "Atletiko" safida 46ta uchrashuvda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Сalciomercato