Simeone: “Germaniya terma jamoasining nozik joyi bor”

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2014, 17:53
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Germaniya terma jamoasining kuchsiz tarafi bor deb hisoblaydi.
“O'yin boshlanishidan oldin men do'stlarimga Argentina Gollandiyani penaltilar seriyasida yutishini aytgan edim. Ular meni aqldan ozganligimni aytishdi, ammo uchrashuv qancha cho'zilsa Argentinada shuncha ko'p imkoniyat paydo bo'lishini bilardim.

Germaniya – juda kuchli va bir butun jamoa, Yoaxim Lyov esa – buyuk murabbiy. Argentinaliklarga Germaniyaning yuqori darajadagi himoya chizig'i yordam berishi mumkin. Messi va Iguainning tezligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi, Argentina nemislarning himoya kalitini topishi mumkin. Fikrimcha, Argentina penaltilar bo'yicha yutadi” – deydi mutaxassis.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com