Simeone: "Atletiko"da ajoyib tarkib bor, men unga mos kelishim kerak"

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022, 11:59
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Elche"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"To'rt nafar futbolchimiz Jahon chempionati finalida o'ynadi. Eng yaxshisini bermagan kishi murabbiy bo'lishi mumkin. Bizda ajoyib tarkib bor. La Liga turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilishimiz uchun men yaxshiroq ishlashim kerak. Biz bu tarkib bilan chempion bo'lgandik, bizda Tripper va Suares yo'q xolos. Asosiy qismimizni La Liga chempionlari tashkil etadi. Korrea, Joau Feliks, Karrasko, Ximenes... Yana Grizmann. Murabbiy dunyodagi hamma narsaga aybdor", – dedi Simeone.

"Atletiko" La Liga jadvalida beshinchi o'rinni egallagan holda, Jahon chempionati tufayli yuzaga kelgan tanaffusga chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca