Simeone: "Atletiko" safarda o'z maydonidagidek kuchli emas"

Mirjalol Normatov
17 dek 2023
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone LaLigada "Atletik"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

- Raqib o'yin boshidan oxirigacha bizdan kuchli bo'ldi. So'nggi 15 daqiqada biz kurashishga harakat qildik, biroq shunda ham ular bizdan kuchlilik qildi, raqiblarni tabriklayman. Endi seshanba haqida o'ylaymiz.

- Maydonda bo'lgan ishlarda Sizni nima ko'proq tashvishga soldi?

- Biz reja qilganlarimizni maydonda ko'rsata olmadik. Ular bizdan kuchliroq bo'lishdi. Biroq yigitlar maydonda bor kuchi bilan harakat qilishdi, ular bilan so'nggi daqiqalargacha birgaman. Yigitlarni ayblash noo'rin.

- Raqib maydonida "Atletiko" o'z maydonidagidan ko'ra farqliroq bo'lib turibdi.

- Ha, biz safarda o'zimizdagidek kuchli emasmiz. Bu jihatga kuchlirqo e'tibor berish kerak. Chempionatdagi barqarorlik safar o'yinlaridagi g'alabalar orqali ham yuzaga keladi, - dedi Simeone.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca