Simeone "Atletiko" futbolchilaridan birini sotishga rozilik bildirdi

Alisher
21 dek 2021, 12:37
Angliya terma jamoasi va Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Kiran Tripper vataniga qaytishga yaqin.

Futbolchining yangi ish joyi yanvarda katta o'zgarishlar qilishni rejalashtirayotgan "Nyukasl" bo'ladi. Tripper sotuviga "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone rozilik bildirdi.

Tomonlar yaqinda muzokaralar o'tkazishdi va bitim borasida deyarli kelishuvga erishishdi.

Himoyachining transferi APL autsayderiga 18 mln evroga tushadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes