Silva APLning eng yaxshi pleymeykerlari reytingida ettinchi o'ringa ko'tarilib oldi

13 yanv 2020, 00:34
"Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva APL 22-turi doirasidagi "Aston Villa"ga (6:1) qarshi uchrashuvda Serxio Agueroga golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu ispaniyalik yarim himoyachining Premer-ligadagi 90-aniq uzatmasiga aylandi. U mazkur ko'rsatkich bo'yicha APL tarixidagi barcha o'yinchilar orasidan 7-pog'onaga ko'tarilib oldi.

Quyida APL tarixidagi eng yaxshi asistentlar bilan tanishishingiz mumkin:

1.Rayan Giggz (172 )

2.Fransesk Fabregas (111)

3.Ueyn Runi (103)

4.Frenk Lempard (102)

5.Dennis Bergkamp (94)

6.Stiven Djerrard (92)

7. David Silva (90)...

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka Football