

"Agar maydonga tushmayotgan bo'lsam, bundan qoniqmayman. "Barselona"ga kelganimda ko'nikish uchun vaqt kerak bo'lishini bilgandim. Ishlashda davom etyapman va Kataloniya klubida birinchi raqam bo'lish uchun kurashaman.
Bunga erisha olishimni his qilmoqdaman. Agar boshqacha bo'lganida, "Barselona" men bilan shartnoma imzolamagan bo'lardi. Bu yerda baxtliman va kamida qishgacha klubni o'zgartirish haqida o'ylamayman" - deydi Sillessen.
Sillessen "Barselona"ga o'tganidan so'ng hozirgacha 9 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi.



