Shveytsariyada maydonga joystik otishdi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018
Shveytsariyalik muxlislar "Yang Boyz" hamda "Bazel" (7:1) o'rtasidagi milliy chempionat o'yinida kibersportga qarshi namoyish o'tkazishdi.

Ishqibozlar maydonga tennis to'plari va PlayStation joystiklarini uloqtirgani tufayli uchrashuv bir necha daqiqaga to'xtatildi. Muxlislar klublarning kibersportga pul ajratayotganidan norozi.

Ushbu norozilik namoyishini mehmon jamoa - "Bazel" ishqibozlari ham qo'llab-quvvatlashdi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AP