Shvetsiya jahon chempionatiga chiqa olmasa Xamren ishdan ketadi

Omonjon To`xtamirzayev
19 noya 2013, 13:52
Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Xamren agar termani JCH-2013ga olib chiqa olmasa, o'z vazifasidan ozod etiladi.

Portugaliyaga qarshi ilk o'tish uchrashuvida shvedlar mehmonda 1:0 hisobida mag'lub bo'lib qaytishdi. 

Xamrenning terma jamoa bilan shartnomasi yil so'nggigacha mo'ljallangan. Agarda Shvetsiya Braziliya yo'llanmasini qo'lga kiritmasa shartnoma muddati uzaytirilmaydi.

"Bunaqasi mening faoliyatimda, bir necha bor bo'lgan. Klubarda ishlab yurganimda ham shunaqa vaqtlar bo'lganki, yutqazishdan boshqa yo'l yo'q ekani, aks holda ishdan bo'shashimni bilib turganman. Biroq hozir bu haqida o'ylamayapman. Butun e'tiborim o'yinga qaratilgan. Agar yutsak, bu mavzuni muhokama qilishga o'rin qolmaydi", dedi murabbiy.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru