Mezbonlarning uchinchi goliga mualliflik qilgan Shukurali Po'latov o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- “Olmaliq” bilan o'yin mas'uliyatli ekanligini his qilgan xolda maydonga chiqqandik. Bu o'yin olti ochkoga teng uchrashuv edi. Chunki turnir jadvalida “Neftchi” va “Olmaliq” yonma-yon o'rin egallab turgandi. Bir ochkolik farq bilan ketyapmiz. Bugungi g'alaba bilan ishqibozlarimizni va butun jamoamiz a'zolarini tabriklayman.
- Uchrashuvni erta boshlanishi albatta salbiy ta’sir o'tkazdi. Shu kunga kelib havo harorati ham 30 darajadan yuqori bo'lmoqda. Ayniqsa birinchi taymda qiyin bo'ldi. Kun issiqligi sababli har ikki jamoa futbolchilari ham o'zida to'pni ushlashga xarakat qildi.
- “Olmaliq” jamoasi juda kuchli. Tarkibida ham mahoratli o'yinchilar yig'ilgan. Jamoaviy o'yin bor ularda. Buni oldindan bilardik. Kutganimizdek bugun oson bo'lmadi.
- Jarimadan urgan golimga keladigan bo'lsak, bu borada mashg'ulot jarayonida ishlayman. Bugun mexnatimiz zoe kyetmadi – deydi Shukurali Po'latov.
Islombek Rustambekov.