
Yil boshida "Neftchi"dan "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgan Shukurali Po'latov mavsum boshlanmay turib "Navbahor"ga ijaraga berilgandi.
Davralar oralig'ida futbolchi "qaldirg'ochlar" safiga qaytdi.
Po'latov dastlabki davrada 12ta o'yinda to'liq harakat qildi va bitta gol urdi.
Himoyachi "Bunyodkor" safida Turkiyadagi yig'inga uchib ketganmi yoki yo'qmi bu hozircha ma'lum emas.