Aytishlaricha, jamoa ikkinchi davrada yuqori o'rinlar uchun kurashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Shunga mos ravishda tayyorgarlik ham yuqori saviyada olib borilmoqda. Oldin xabar berib o'tganimizdek, jamoa mashg'ulotlariga Sho'rtandan ikki yarim himoyachi Obid Jo'raboev bilan Dilyaver Abibulllaev kelib qo'shilgandi. Undan tashqari Qizilqum hujumchisi Olim Navkarov ham ikkinchi davrada Shkvirin qo'li ostida to'p surishga juda yaqin turibdi.
Olmaliqda selekciya jarayoni bu bilan to'xtab qolgani yo'q. Boisi klub matbuot xizmatining saytimizga ma'lum qilishicha, kuni-kecha jamoaning o'quv yig'in mashg'ulotlariga Neftchidan Shukur Jumaboev kelib qo'shilgan. Birinchi davrani Sho'rtanda ijara asosida o'tkazgan ushbu yarim himoyachi oxirgi paytlarda Neftchi mashg'ulotlarida ishtirok etib kelayotgandi.
"Olmaliq" Chirchiqda yig'in o'tkazayotgan "Metallurg" bilan kecha o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashib 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Jamoaning gollariga: Zafar Polvonov (2ta), Shahboz Erkinov, Sanjar Shoahmedov, Mamur Abdullaev muallif qildi.
Islombek Rustambekov