Shuker: "Xalilovich Messiga o'xshaydi"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2014, 16:14
Xorvatiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Davor Shuker "Barselona" 17 yoshli Alen Xalilovich bilan shartnoma tuzib to'g'ri qilganini aytib o'tdi.
– Xalilovich – haqiqiy yulduz. U menga Messini eslatmoqda. Alen juda yosh to'p bilan muomalani yaxshi biladi. Hozir hamma Messi, Xavi va Inestaning o'yinidan hayratda, ammo ular har doim ham top-darajada o'ynay olishmaydi, – deydi Shuker Goal.com nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru