Shuhrat Muhammadiev: "Maqsadimiz oliy liga va OCHLda munosib o'yin ko'rsatish"

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2016, 10:30
Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi Shuhrat Muhammadiev "So'g'diyona"ga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yin yaxshi o'tdi. Raqib o'z safiga bir qator kuchli futbolchilarni qo'shib olganini ko'rdik. Ikkinchi bo'limda urilgan ikkita gol evaziga g'olib bo'ldik.

- Tarkibimizga uch nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Dilshod Rahmatullaev, Ildar Mamatkazin va Saydullo Rahmatov tezda jamoamizga qo'shilib ketishdi. Ular yangi mavsumda bizga yordam berishadi deb o'ylayman.


- Osiyo chempionlar ligasida kuchli guruhga tushganmiz. Raqiblar anoyilardan emas. "Al Ahli" qanday kuchga ekanligini o'tgan yildan juda yaxshi bilamiz. Bu yil OCHLda munosib ishtirok etishga urinamiz.

- BAAdagi yig'inda jismoniy mashg'ulotlar va bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Shu orqali yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiramiz, - deydi Shuhrat Muhammadiev.


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia