Shuhrat Muhammadiev bir oyga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2016
Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi Shuhrat Muhammadiev yaqin bir oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvining boshida jarohat olgan Muhammadiev 4-daqiqadayoq o'z o'rnini sherigiga bo'shatib bergandi. 14-turdagi "So'g'diyona" bilan uchrashuvda esa Shuhrat umuman maydonga tushgani yo'q. Ma'lum bo'lishicha himoyachi bir oyga safdan chiqqan.

Takidlash lozimki, "Nasaf" birinchi davraning so'nggi uchrashuvini Muborakda "Mashal"ga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia