Shuhrat Maqsudov: "Alamli mag'lubiyat"

14 may 2021, 21:26
O'zbekiston Superligasi 8-turi doirasidagi AGMK 3:1 "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" ustozi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

O'yinga to'xtalishdan oldin butun xalqimizni Hayit bayrami bilan tabriklayman. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Juda alamli mag'lubiyat. Bu futbol. O'zingiz ham ko'rdingiz, 1-taymda o'yinni to'liq nazorat qildik. Hatto 2-bo'limdagi penaltili vaziyatgacha ham ustunlik biz tomonda edi. Vaziyatlardan foydalana bilmadik. Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi.

- Nimani evaziga ustunlik raqib tomonga o'tib ketdi, deb o'ylaysiz? Qizil kartochka, hisob ham "Bunyodkor" foydasiga edi...

- Yana bir bor takrorlayman. Biz ustunlikni topshirib qo'ymadik. Shunchaki, vaziyatlardan foydalana bilmadik - omad kelmadi. 1:0 bo'lib turganda yana bitta gol ursak, ehtimol, barchasi boshqacha bo'lar edi. Bu futbol. Men shogirdlarimga ham o'yin uchun minnatdorchilik bildirdim. To'g'ri, yutqazdik. Lekin hayot davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia