"Shuhrat" jamoasidan yuksalish sari qadam

Narzulla Saydullayev
15 dek 2020
Bugun Navoiy shahrining "Shuhrat" futbol klubi mutasaddilari, shahar sport bo'limi boshlig'i S.Xudoyberdiev hamda Navoiy viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti O.Jumaev Navoiy shahar Hokimi M.M.Bozorov bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda jamoaning ortda qolgan futbol bo'yicha "Navoiy viloyati 2-ligasi" va "Viloyat kubogi-2020" musobaqalaridagi muvoffaqiyati hamda joriy yil 20 dekabr sanasidan start beriladigan Birinchi liga o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqadagi ishtiroki borasida suhbat olib borildi.

Shuningdek NVFA birinchi vice-prezidenti O.Jumaev shahar hokimiga viloyat futboliga qo'shgan hissasi uchun tashkilotning esdalik sovg'alarini topshirdi.  Uchrashuvda Hokim M.M.Bozorov jamoani qo'llab-quvvatlashini aytib, jamoaga oldindagi musobaqada omad tiladi.







Navoiy viloyati futbol associaciyasi matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia