"Shtutgart" "Arsenal"ga tegishli bo'lgan hujumchining ijarasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017, 20:45
"Arsenal" ma'lum qilishicha, hujumchi Takuma Asano kelasi mavsumni ham "Shtutgart"da o'tkazadi.

22 yoshli futbolchi 2017/18 mavsumda nemis jamoasida ijara asosida to'p tepadi.

O'tgan mavsum yaponiyalik futbolchi ikkinchi Bundesligada "Shtutgart" safida o'ynab, jamoa mamlakatning oliy ligasiga chiqishga yordam bergan edi. Asano 26 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

Forvard 2016 yil yozda "Sanfrechche Xirosima"dan "Arsenal"ga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com