Shovkovskiy faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Aziz Tukhtamuradov
30 dek 2015, 20:50
Kievning Dinamo jamoasi darvozaboni Aleksandr Shovkovskiy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoadan ketadi.

Ma'lum bo'lishicha, kievliklar 40 yoshli darvozabon bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildilar. Shu sababli, Shovkovskiy mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, darvozabon ayni paytda "Dinamo"da 23-mavsumini o'tkazmoqda. U ushbu vaqt davomida 616 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Tribuna.com