Shou MYUning eng ko'p maosh oladigan himoyachisiga aylanadi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2018, 18:14
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar yangi bitim borasida kelishib olishgan va shu haftada bu haqida e'lon qilinishi mumkin. Yangi shartnoma bo'yicha futbolchi haftasiga 182 ming evro ishlab topadi. Ayni damda Shouning klubdagi haftalik daromadi 114 ming evro. Shunday qilib, futbolchi "qizil iblislar" safida eng ko'p maosh oladigan himoyachiga aylanadi.

Joriy mavsum 23 yoshli himoyachi APLning 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times