Shou Mourinyoga kuchli futbolchi ekanligini isbotlamoqchi

Mirjalol Normatov
21 mar 2018, 20:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo termaga chaqirilmagan futbolchilariga dam bergan.

"The Mirror" nashri xabariga ko'ra, himoyachi Lyuk Shou dam omoqchi emas. U har kuni jamoa qarorgohida mashg'ulotlar o'tamoqda. Bu bilan angliyalik futbolchi Joze Mourinyoga kuchli futbolchi ekanligini va o'yinlarda maydonga tushish xohishi yuqori ekanligini ko'rsatmoqchi.

"Brayton"ga qarshi o'yindan keyin Joze futbolchilarini keskin tanqid qilgandi. O'sha bahsda himoyachi birinchi bo'limdan keyin zaxiraga olingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror