Shotlandiyada bolalarga to'pga bosh bilan zarba berish taqiqlanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 okt 2019, 13:52
Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi mamlakatda 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga to'pni bosh bilan o'ynashni taqiqlamoqchi.

Bunday qaror Glazgo universitetida o'tkazilgan so'nggi tadqiqot natijalari sababli qabul qilinishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko'ra, professional futbol bilan shug'ullangan sobiq futbolchilar qolgan odamlardan ko'ra 3,5 baravar ko'proq miya kasalidan vafot etar ekan.

2016 yilda AQSH futbol federatsiyasi dunyoda birinchi bo'lib 10 yoshgacha bo'lgan bolalar mashg'ulot va o'yinlarda to'pga bosh bilan zarba berishini taqiqlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports