Shota Arveladzening jiyani Superliga jamoasida ko'rikdan o'tmoqda

Khoja
9 yanv 2026, 08:00
Gruziyalik hujumkor yarim himoyachi Vato Arveladze faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.

27 yoshli futbolchi yangi mavsumni OKMKda boshlashi mumkin. Ayni vaqtda futbolchi olmaliqliklar safida ko'rikdan o'tmoqda. Agar futbolchining harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, yangi mavsumda Vato faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, futbolchi Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon chempionatlarida to'p surgan. Shuningdek, Vato Gruziya termasida 2 ta bahsda ham maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 

Vato Arveladze "Paxtakor" sobiq ustozi va Gruziya futboli afsonalaridan biri Shota Arveladzening jiyani hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia