

Uchrashuv Samarqanddagi "Dinamo" stadionida 18:00da boshlanadi. "Paxtakor" bellashuvga jiddiy hozirlik ko'rdi.
Bosh murabbiy Shota Arveladze bo'lajak o'yin xususida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
- Uchrashuv oson o'tmasligi aniq. Raqibni hurmat qilamiz. Biz o'z o'yinimizni namoyish etishga intilamiz. Stadionda yaxshi muhit bo'ladi deb o'ylayman. Ishqibozlar futbolni yoqtirishlarini bilaman. Vazifamiz istagan o'yinimizni ko'rsatishga urinish bo'ladi.




