Shota Arveladze: "Buxoro"ning jiddiy qarshilik qilishini kutmoqdamiz"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 09:13
"Buxoro" bilan 5-tur o'yini oldidan "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze bellashuv xususida fikrlarini aytib o'tdi.

- Uchrashuv juda qiyin kechishini kutyapmiz. "Buxoro" kurashchan xarakterga ega jamoa sanaladi. Stadionda muxlislar hamisha ajoyib muhitni hosil qilishadi. Mezbonlar har taraflama jiddiy qarshilik qilishlarini kutmoqdamiz.

O'yinga juda yaxshi hozirlik ko'rdik. Ushbu haftada avvalgisiga nisbatan ko'proq birga ishladik. Terma jamoalar bellashuvi tufayli biz bilan 9 futbolchi o'tgan hafta birga bo'lmagandi.

Barchamiz o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. O'z futbolimizni namoyish etishga urinamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz