Shota Arveladze: "Biz yurishimizni davom ettirishga urinamiz"

Narzulla Saydullayev
20 may 2019, 08:51
OCHL-2019 guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Shota Arveladze va Egor Krimec ishtirok etdi.

Shota Arveladze: - Bu guruh bosqichidagi oxirgi o'yin va jamoalar nima qilishni yaxshi bilishadi. Natija juda muhim, o'yinda zarur natijaga erishgan jamoa o'zini yakunda baxtli his qiladi. Biz yurishimizni davom ettirishga urinamiz.

Biz bazi o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Bunday namlik bosimi yuqori holatda ushbu yil birinchi marta o'ynaymiz. Unda o'zimizga asqotadigan o'zgarishlarga qo'l urib, o'zimiz uchun ijobiy ko'rsatkich qayd etishga harakat qilamiz.

Egor Krimec: - Biz juda muhim uchrashuvda maydonga tushamiz. O'zimizning nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatishga urinamiz. Chempionlar Ligasida yaxshi o'yinlar namoyish qildik, endi nimchorak finalga yo'llanma olishni istaymiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz