Shoshilinch yangilik: "Borussiya" bosh murabbiyi o'zgardi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
10 dek 2017, 16:25
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Peter Bosh iste'foga chiqarildi va uning o'rniga yangi mutaxassis tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy "tvitteri" xabar bermoqda. Peter Bosh o'rnini joriy mavsum "Kyoln" klubi bilan 14ta o'yinda g'alaba qozona olmagan Peter Shtyoger egalladi.

Shtyoger va uning shtabi bilan tuzilgan shartnoma 2018 yilning yozigacha amal qiladi.


Eslatib o'tamiz, Peter Bosh joriy mavsum oldidan "Ayaks"ni tashlab, "Borussiya" murabbiyiga aylangan edi. Dortmundliklar so'nggi 8ta o'yinda birorta ham g'alabaga erisha olishmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia