“Sho'rtan” yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2018
PRO-Liga qatnashchisi G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi yaqinda bosh murabbiy Asror Aliqulovni iste'foga chiqargandi.

Shundan so'ng klub rahbariyati bosh murabbiylikka bir qator nomzodlarni ko'rib chiqdi va ularning ayrimlari bilan muzokara o'tkazdi. Yakunda esa “Oq bo'rilar” Yorkin Nazarovning nomzodida to'xtalishga qaror qildi. Shu kunga qadar asosan bolalar futbolida yani “Bunyodkor” akademiyasida yoshlar bilan ishlagan Yorqin Nazarov “Sho'rtan”dan tushgan taklifni qabul qildi. Aytishlaricha unga Murod Otajonov yaqindan yordam beradi. Ayni damda “Sho'rtan” vakillari yangi murabbiylarning xujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini olib bormoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia