"Sho'rtan" tayyorgarlikni G'uzorda davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
26 fev 2015, 13:54
Mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan "Oq bo'rilar" jamoasi navbatdagi bosqichni o'z uylarida - G'uzorda o'tkazmoqda.
Futbolchilar G'uzordagi qarorgohda istiqomat qilgan holda shu erning o'zida tabiiy chimli maydonlarda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Bu jarayon avvalo qishki yig'in davomida futbolchilarning sun'iy qoplamali maydonlardan chimli maydonlarga ko'nikma hosil qilishlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi

G'uzordagi tayyorgarlik bosqichi yakshanba 1 mart kuni o'z nihoyasiga etadi. Va mavsumning so'nggi hal qiluvchi tayyorgarligi yana Toshkentga ko'chadi. 3 mart sanasidan e'tiboran "Sho'rtan" yana poytaxtga keladi va shu yerda mashg'ulotlarni davom ettirgan holda Farg'onaga 1-tur uchrashuviga yo'l oladi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz