Superliga. G'uzorda darvozalarga 6 ta gol urilgan o'yinda g'olib aniqlanmadi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2025
Superliganing 20-turidan joy olgan "Sho'rtan" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

20-tur. G'uzor, "Markaziy" stadioni

"Sho'rtan" – "Navbahor" 3:3 (TUGADI)

20.08.2025, 19:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudayberganov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR: Akobir Shukurullaev

AVAR: Amal Sultonov

Komissar: Abdulbosit Valixonov

Gol: Doniyor Narzullaev 2, 1:0, Pedro Augusto 22, 1:1, Doniyor Narzullaev (Bekjon Rahmatov) 33, 2:1, Pedro Augusto (Shohmalik Komilov) 60, 2:2, Abbos G'ulomov 79, 2:3, Po'latxo'ja Xoldorxonov 90+6, 3:3

"Sho'rtan": 1.Shohruh Eshbo'taev, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 6.Odilbek Abdumajidov, 15.Jo'rabek Mannonov (22.Sardor Sadullaev,46), 19.Nuriddin Hasanov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 46), 24.Doniyor Narzullaev, 33.Bekjon Rahmatov ( 17.Farruhbek Muxtorov, 70), 8.Abubakir Rizo Turdaliev (11.Jasur Hakimov,83) 10.Temur Mamasidiqov ( 14.Abrorbek Toshqo'ziev,46), 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov.

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 7.Bekzod Suvonov,  45.G'anisher Qodirov, 99.Sardorbek Saidov.

"Navbahor": 1.Umidjon Ergashev, 12.Saidazamat Mirsaidov, 19.Mirzohid G'ofurov (32.Muhammadbobur Mo'ydinov,67), 36.Gilerme Gedesh, 99.Igor Gabriel (8.Shohmalik Komilov, 50), 5.Julio Sezar, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslanbek Jiyanov, 70.Abbos G'ulomov, 29.Pedro Augusto, 11.Muhammadali G'iyosov.

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 7.Azimjon Ahmedov, 22.Asadbek Jo'raev,  24.Doston Abdulhaev, 55.Komiljon Tojiddinov, 13.Benjamin Teidi, 33.Jaloliddin Sodiqov.

Ogohlantirish: Jo'rabek Mannonov ("Sho'rtan") 35, Abubakir Rizo Turdialiev ("Sho'rtan") 53, Shohmalik Komilov ("Navbahor") 73, 

Chetlatish: Muhammadbobur Mo'ydinov ("Navbahor") 70

MATNLI TRANSLYATSIYA


90+6. Uchrashuv yakunlandi. 

90+6. GOL. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng "Sho'rtan" futbolchisi to'pni darvozaga boshi bilan yo'lladi, qaytgan to'pni Po'latxo'ja Xoldorxonov darvozaga yo'lladi.

90+4. "Navbahor" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi. Hakam VARni tinglagach o'yinni davom ettirishni buyurdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

83. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Abubakir Rizo Turdialiev o'rniga Jasur Hakimov tushdi.

79. GOL. "Sho'rtan" darvozaboni to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, uning natijasida Abbos G'ulomov foydalanib to'p kiritdi, 2:3

74. Birga bir vaziyatda gol ura olmaslik navbati Ruslan Jiyanovga. 

70. CHETLATISH. Hozirgina zaxiradan maydonga tushgan "Navbahor" futbolchisi Muhammadbobur Mo'ydinov raqibga qarshi o'ta qo'pol o'ynadi va chetlatildi.

70. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Bekjon Rahmatov o'rniga Farruhbek Muhtorov tushdi.

67. O'ZGARISH. "Navbahor", Mirzohid G'ofurov o'rniga Muhammadbobur Mo'ydinov tushdi. 

67. EXE. "Sho'rtan" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov raqib taqibidan qochib kyetib birga-bir vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. 

65. O'yin qiziqarli va yuqori tempda davom etmoqda.

60. GOL. "Navbahor" G'uzorda hisobdagi muvozanatni tikladi. Shohmalik Komilovning individual harakatlaridan so'ng Pedro Augusto dublni rasmiylashtirdi, 2:2

53. OGOHLANTIRISH. Abubakir Rizo Turdialiev ogohlantirish oldi.

50. O'ZGARISH. "Navbahor", Igor Gabriel o'rniga Shohmalik Komilov tushdi.

46. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Temur Mamasidiqov o'rniga Abrorbek Toshqo'ziev, Nuriddin Hasanov o'rniga Muhammadaziz Ibrohimov, Jo'rabek Mannonov o'rniga Sardor Sadullaev tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

38. Birinchi bo'limning o'zidayoq darvozalarga 3 ta gol urildi, o'yin shiddatli ko'rinish olmoqda. 

35. OGOHLANTIRISH. Jo'rabek Mannonov, "Sho'rtan"

33. GOL. Markazdan erlatib berilgan uzatmadan so'ng Doniyor Narzullaev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi, 2:1

25. To'p nazorati 50-50 ko'rinishda. 

22. GOL. Ruslan Jiyanovning burchakdan uzatib bergan to'pidan so'ng "Sho'rtan" himoyasidagi palapartishlikdan Pedro Augusto hisobni tenglashtirdi, 1:1

22. ZARBA. "Navbahor"dan xavfli hujum, Jiyanovdan jarima maydonchasi ichida kuchli zarba. Burchak zarbasi.

20. Mezbonlar posboni Eshbo'taev raqib hujumi vaqtida to'pga vaqtida chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

15. "Sho'rtan" vaziyatdan kelib chiqib hujumlar tashkil qilishga urinmoqda. 

9. ZARBA. Muhammadali G'iyosov Eshbo'taevni xushyorligini tekshirib ko'rdi. 

5. Goldan so'ng "lochinlar" tashabbusni qo'lga olyapti. 

2. GOL. "Sho'rtan" uchrashuvni 1:0 hisobi bilan boshladi. "Navbahor" darvozaboni Umidjon Ergashevning xatosidan so'ng Doniyor Narzullaev pressing natijasida darvozani ishg'ol qildi, 1:0.

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia