Shomurodovning yangi jamoasi deyarli ma'lum. Muzokaralar yakuniy bosqichda

Khoja
3 iyul 2025, 07:28
“Roma“ hujumchisi Eldor Shomurodov “Istanbul Bashakshexir“ga o'tishga yaqin.

Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.

Turkiyalik insayder Salim Manavaning xabar berishicha, istanbulliklar futbolchining o'zi va “Roma“ bilan kelishuvga erishgan.

Avvalroq, Turkiya klubi O'zbekiston MTJ sardoriga 8 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov o'tgan mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golga assistlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: romapress.com