Shomurodovning transfer narxi o'zgarishsiz qoldi. Osimxen – A Seriyaning eng qimmat futbolchisi

Eldor Akmurzayev
22 mar 2023, 09:40
Transfermarkt Italiya chempionatidagi futbolchilarning yangi narxlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, “Napoli” forvardi Viktor Osimxen A Seriyaning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchisiga aylandi – 100 mln evro (+30 mln qo'shilgan). Undan keyingi o'rindan jamoadoshi Xvicha Kvaratsxeliya (85 mln evro) joy olgan va kuchli uchlikka “Inter” hujumchisi Lautaro Martines yakun yasagan – 80 mln evro.

“Yuventus” xavbek Pol Pogba va “Inter” a'zosi Romelu Lukaku transfer narxi keskin tushganlar qatorida: francuzda 20 mln evro (-15 mln), belgiyalikda 40 mln evro (-15).

“Speciya”da ijara asosida o'ynayotgan “Roma” futbolchisi Eldor Shomurodovning narxi esa hali hamon 7 mln evroni tashkil etmoqda. Noyabrdagi yangilanishda uning transfer bahosi 1 mln evroga pastlagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Transfermarkt