Shomurodovning klubdoshi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 sen 2024, 13:23
"Roma" chap qanot yarim himoyachisi Nikola Zalevski faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirish ehtimoli bor.

Bu haqda Nikolo Skira ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, 22 yoshli Zalevskiga Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi qiziqish bildirmoqda, u allaqachon yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda. Yaqinda Niderlandiyaning PSV klubi taklifini rad etgan rimliklar futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.

Nikola Zalevski o'tgan mavsum "Roma" tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 3 ta golga pas uzatgan

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira