Shomurodovni ijaraga olish "Roma"ga 2,5 million evroga tushadi. Transfer miqdori 16 milliondan oshadi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021, 19:44
"Roma" va "Jenoa" hujumchi Eldor Shomurodovning transferini muhokama qilmoqda.

Tomonlar transfer masalasida o'zaro kelishuvga erishdilar. Shu kunlarda futbolchining aniq transfer summasi bo'yicha yakuniy muzokaralar bo'lib o'tmoqda.

"Bo'rilar" futbolchini kelgusi yil sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.

Ijara narxi rimliklarga 2,5 million evroga tushadi. Keyingi mavsumdagi transfer narxi esa 16 million evrodan oshadi.

Bundan tashqari, transfer miqdori futbolchining muvafaqqiyatli o'yiniga qarab, 19-21 million evrogacha oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: РБК