Shomurodovga Bundesliganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
3 apr 2022, 21:47
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov Germaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

O'zbekistonlik forvard "bo'rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ishonchiga sazovor bo'lmayapti. U rimliklarning asosiy hujumchisi sifatida Temmi Abrahamni afzal ko'rmoqda. 

Shu sababli, Shomurodov klubini o'zgartirishi mumkin. Manbaning takidlashicha, Bundesliganing bir nechta klublari, jumladan, "RB Leyptsig" va "Xoffenxaym" futbolchini kuzatib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fichajes.com