Shomurodov oxirgi 5 o'yinda 4 ta gol urdi

Eldor Akmurzayev
15 may 2021, 20:08
A Seriya 37-turidan o'rin olgan “Jenoa” – “Atalanta” uchrashuvida mehmonlar 4:3 hisobida g'alabaga erishdi.

2-taymda zaxiradan o'yinga qo'shilgan genuyaliklar forvardi Eldor Shomurodov dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, Eldor oxirgi 5 o'yinda 4 ta to'p kiritdi. Avvalroq, u “Lacio” (3:4) va “Speciya” (2:0) darvozasini ishg'ol etgandi.

25 yoshli hujumchi chempionat joriy mavsumidagi gollari sonini 7 taga etkazib, to'purarlar ro'yxatida jamoadoshi Goran Pandev, Aleksis Sanches (“Inter”) va Edin Jeko (“Roma”) kabi futbolchilar bilan tenglashib oldi. Shuningdek, o'zbekistonlik hisobida bitta assist ham bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia