Shomurodov Onuachuga yetib oldi

Оқил Абдубарноев
21 fev 2026
Ayni damda Turkiya Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Alanyaspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini davom etmoqda.

Uchrashuvning 44-daqiqasida mehmonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov raqib jarima maydonida Abbos Fayzullaevga nisbatan qo'pollikdan so'ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, u Superligadagi 16-golini urib, to'purarlar poygasida peshqadam bo'lib turgan "Trabzonspor" hujumchisi Pol Onuachuga yetib oldi.

Birinchi bo'limdan so'ng "Istanbul Bashakshexir" 2:0 hisobida oldinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia