Shomurodov murabbiysiz qoldi. "Speciya"da iste'fo

Aslanov Jasurbek
16 fev 2023
"Speciya" bosh murabbiyi Luka Gotti klub bilan xayrlashdi.

Bu haqda klub rasmiy saytida e'lon qilindi.

"Speciya" ayni damda A Seriya jadvalida 17-o'rinni egallab, xavfli zonaga juda yaqin turibdi. Jamoa joriy mavsum Italiya chempionatining 22ta uchrashuvidan bor-yo'g'i 4tasida g'alabaga erishdi va 7ta durang qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Roma" hujumchis Eldor Shomurodov ijara asosida "Speciya" sharafini himoya qilmoqda. U ushbu klubda mavsum oxirigacha to'p tepadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia