Shohruh Mahmudhojiev legionerga aylandi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2022
O'zbekistonlik hujumchi Shohruh Mahmudhojiev faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi.

23 yoshli futbolchi Tojikistonning "Xo'jand" klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzdi. 

1976 yilda tashkil topgan "Xo'jand" klubi 4 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan, 8 marta Tojikiston vice-chempioni bo'lgan. Ayni paytda jamoani bosh murabbiy Rustam Xodjaev boshqarib bormoqda. 

Eslatib o'tamiz, Mahmudhojievdan tashqari "Xo'jand" safida Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov va Amirjon Safarov kabi o'zbekistonlik futbolchilar ham faoliyat olib borishmoqda. 

Ma'lumot uchun, "Xo'jand" bu yil OFK kubogida ishtirok etadi. Jamoa "F" guruhida "Dordoy" (Qirg'iziston) va "Kopetdog'" (Turkmaniston) klublari bilan kuch sinashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia