Shohnazar Norbekov: "Tezroq Yevropaga yo'l olishni istayman"

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2015, 14:10
O'zbekiston kubogi chorak final o'yini "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng yaqindagina OTJdan taklif olgan bekobodlik futbolchi Shohnazar Norbekovni suhbatga chorladik.

"Birinchi davrani jarohatim bois maydondan tashqarida o'tkazdim. Endi mana jarohatimdan forig' bo'ldim va maydonga qaytdim. Umuman jamoamizning ishtirokidan ko'nglim to'ldi deya olaman. Birinchi davrani jamoamiz ko'ngildagidek o'tkaza oldi va turnir jadvalida ham munosib o'rinni egallab turibdi. Hozirgina bosh murabbiyimiz meni olimpiya terma jamoamizga chaqirishgani haqida aytdi. Endi yaxshi o'ynab, menga bildirilgan ishonchli to'la-to'kis oqlashga harakat qilaman. Maqsadimiz bitta - Olimpiadaga yo'l olish va muxlislarimizga xursandchilik ulashish. Agarda ushbu yirik musobaqada o'zimizni yaxshiroq ko'rsatsak, yevropaga ham yo'l ochiladi. Yaxshi o'ynab, tezroq Yevropa jamoalarining birida to'p tepishni o'z oldimda maqsad qilganman", - deydi "Metallurg"ning istedodli futbolchisi Shohnazar Norbekov.


Shahboz Beg'amov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia