Shohmalik Komilov ijara asosida Dinamoga o'tdi

Alisher
22 yanv 2022
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga Nasaf yarim himoyachisi Shohmalik Komilov kelib qo'shildi. 

Dinamo 21 yoshli futbolchini Nasafdan bir yilga ijaraga oldi. Komilov 2022 yilgi mavsumni Samarqand jamoasida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, Shohmalik Komilov 2021 yilgi mavsumda Superligada 18 uchrashuvda 2ta gol, O'zbekiston kubogida esa 7 o'yinda 2ta gol, OFK kubogida 6 bahsda 2ta golga mualliflik qilgan. Jami 2021 yildagi 31 uchrashuvda o'z hisobiga 6ta gol kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати