

- "Nurafshon"ga qarshi uchrashuvda dastlab o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. O'tkazib yuborilgan ikki goldan keyin ham o'zimizni yo'qotib qo'ymasdan, aksincha, hujumkorlikni oshirdik. Chunki biz shu kuni maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik. Hujumkorlikni oshirishimiz natijasi o'laroq hisobni tenglashtirdik. Hatto mehmonlar darvozasini uchinchi marta ishg'ol qilib, yutib ketishimiz ham mumkin edi, biroq to'p raqib darvozasidan joy olishni istamadi. Urgan golim xususida nima deyishim mumkin? Qulay vaziyatda edim, bundan foydalanib darvoza tomon zarba yo'lladim. Darvozabon bunday zarba yo'llashimni kutmadi chog'i, zarbani qaytara olmadi, - deydi Hasanov.
"Oq-tepa" matbuot xizmati



