Shmeyxel Kloppni “Bavariya” bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqda

Eldor Akmurzayev
18 mar 2021
MYUning afsonaviy darvozaboni Peter Shmayxel “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp haqida gapirdi.

“Keling, mana bunday ssenariyni o'ylab ko'raylik. Aytaylik, Xans-Diter Flik Germaniya terma jamoasiga ketadi, bu esa fakt emas. Keyin “Bavariya”ga murabbiy kerak bo'ladi va Yurgen Kloppga oldinroq bu lavozim taklif qilingan. Bu o'z mamlakatida yuqori darajadagi ish joyiku axir!

Xabarlarga ko'ra, u “Liverpul” tufayli Germaniya termasiga kyetishni xohlamadi. Biroq, u buni “Bavariya” uchun qilar ehtimol?”, degan Shmayxel.

Eslatib o'tamiz, Kloppning mersisaydlilar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida tugaydi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Pundit Arena