Shmeyxel APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
"Nicca" tarkibida faoliyat olib borayotgan Kasper Shmeyxel jonajon ligasiga qaytishi mumkin.

"Nottingham Post" xabariga ko'ra, 36 yoshli posbonning xizmatlariga "Nottingem Forest" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Angliyada u 2011-2022 yillar davomida "Lester"da o'ynagan.

O'tgan mavsumda Shmeyxel Fransiya chempionatining 36 o'yinda 35 gol o'tkazib yubordi va 12 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Nottingham Post

O'xshash yangiliklar